06:03 / 19.01.2018
4 948

Kanada startapi bir o‘rindiqli elektrokar yaratdi

Kanada startapi bir o‘rindiqli elektrokar yaratdi
Kanadaning Electra Meccanica avtomobil startapi uch g‘ildirakli, kichik o‘lchamdagi shahar elektromobilini ishlab chiqdi. Solo nomli bu elektrokar 2018 yil oxirida sotuvga chiqariladi.

Elektrokarni AQShda 15 ming dollarga sotib olish mumkin bo‘ladi.

Solo soatiga 130 km tezlikkacha erisha oladi, u bir quvvatlanishda bosib o‘ta oladigan masofa 150 km.ni tashkil qiladi. Mashinaning batareyasi oddiy rozetkadan 3 soatda quvvatlanadi. Mashina o‘zining kichik o‘lchamlari evaziga juda harakatchan va yengil chiqqan.

Yengil kompozit materiallardan yasalgan mashinaning og‘irligi 600 kg.dan sal ko‘proqni tashkil qiladi. Kapoti ostida esa mashinani 8 soniyada 100 km/soat tezlikkacha tezlashtiruvchi 61 kVt.li eletromotor joylashgan.

Bunday mashinada sayohat qilish dargumon, biroq u shahar aholisi talablariga mos keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kanada startapi bir o‘rindiqli elektrokar yaratdi