11:05 / 19.01.2018
5 184

Visa to‘lov kartalariga barmoq izlari skaneri o‘rnatilmoqda

Visa to‘lov kartalariga barmoq izlari skaneri o‘rnatilmoqda
Aksariyat allaqachon devayslardagi biometrik sensorlarga o‘rganib qolgan, biroq plastik kartadan pul yechish kerak bo‘lsa, hali-hanuz PIN-kod kabi eng xavfsiz usuldan foydalaniladi. Visa kompaniyasi bunga o‘zgartirish kiritishga qaror qildi va o‘z kartalariga barmoq izlari skanerini o‘rnata boshladi.

Ta’kidlash joizki, Visa vakillari yangi usulga bekorga murojaat qilishmagan. Keng ko‘lamdagi so‘rovnoma o‘tkazilib, unda foydalanuvchilar tomonidan yangi usul tanlangan. Uning mohiyati shundan iboratki, kimki yangi namunadagi Visa kartasidan foydalansa, barmoq izlari skaneri yordamida shaxsni tasdiqlovchi odatiy jarayonni qo‘llay oladi. Barmoq izlari skaneri karta terminalga qo‘yilgan paytda faollashadi. Foydalanuvchi barmog‘ini qo‘ysa, chip uning izlarini arxivdagisi bilan taqqoslaydi va tranzaksiyaga ruxsat beradi yoki bermaydi. Bundan tashqari, PIN-kod orqali tasdiqlashdek "an’anaviy" usul ham qoladi.

Tizim to‘liq avtonom hisoblanadi, zero barmoq izi faqat kartaning o‘zida saqlanadi, chip esa terminaldan quvvat oladi. Yangi namunadagi ilk kartalar Mountain America Credit Union va Bank of Cyprus kompaniyalari xodimlari hamda mijozlariga tarqatiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Visa to‘lov kartalariga barmoq izlari skaneri o‘rnatilmoqda