Toshkentdagi yana 280 ta chorraha kuzatuv va yo‘l harakati qoidalari buzilishlarini qayd etish kameralari bilan jihozlanadi. Bu haqda payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi «Kompyuter markazi» bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Shuhrat Murodov ma’lum qildi. 2018−2020 yillarga mo‘ljallangan dasturda kameralar bilan ta’minlangan chorrahalar qamrovini kengaytirish ko‘zda tutilgan.
Ayni paytda kameralar faqatgina svetoforning qizil chirog‘idan o‘tish va tezlikni me’yoridan oshirishni qayd etmoqda. Shuhrat Murodovning so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqtlarda boshqa qoidabuzarliklarni ham qayd etishni yo‘lga qo‘yish mo‘ljallanayotgani yo‘q.
Qoidabuzarliklarni qayd etishning avtomatlashtirilgan tizimi 2017 yil 15 mart oyidan buyon Toshkentdagi 115 ta chorrahada ishlab kelmoqda. Birinchi kunlarda 8000 dan ortiq qoidabuzarliklar aniqlangan bo‘lsa, ayni damda ular soni haftasiga 2000 tadan kamroqni tashkil etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi