13:13 / 15.02.2018
5 147

«Xitoylik josus». AQSh maxsus xizmatlari «Huawei» smartfonlaridan foydalanmaslikni maslahat berdi

«Xitoylik josus». AQSh maxsus xizmatlari «Huawei» smartfonlaridan foydalanmaslikni maslahat berdi
AQSh maxsus xizmatlari amerikalik fuqarolarga «Huawei» va «ZTE» kompaniyasi mahsulotlaridan foydalanmaslikni maslahat berdi, deb xabar qildi «Xabar.uz».

«Xitoy smartfonlaridan foydalanish telekommunikatsiya infratuzilmamizga xavf tug‘diradi. Shuningdek, bu axborotlarni o‘g‘irlash va josuslik demakdir», — deydi Federal qidiruv byurosi direktori Kris Rey.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat «telekommunikatsiya tarmoqlaridagi pozitsiyani egallash niyatida bo‘lgan chet el kompaniya yoki tashkilotlari tomonidan yuzaga keladigan har qanday xavfdan xavotirda».

«Huawei» kompaniyasi AQSh hukumatining qarshiligi sabab Amerikaning smartfonlar bozorida foyda ko‘ra olmayapti. O‘tgan oy «Huawei» o‘zining «Mate 10 Pro» flagmanini AQShda «AT&T» provayderi orqali yetkazib berishni rejalashtirgan edi, biroq bitim bekor qilindi.

Jurnalistlarning ma’lumotlariga ko‘ra, bunga «AT&T»ga AQSh Federal komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan bosim sabab bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Xitoylik josus». AQSh maxsus xizmatlari «Huawei» smartfonlaridan foydalanmaslikni maslahat berdi