13:55 / 16.02.2018
4 266

«Google» o‘zining «Chrome» brauzeriga reklamalarni taqiqlovchi funksiyani qo‘shdi

«Google» o‘zining «Chrome» brauzeriga reklamalarni taqiqlovchi funksiyani qo‘shdi
«Google» o‘zining «Chrome» brauzeri oynasiga chiqib qoladigan reklamalarni bloklashni boshladi. Bu bilan kompaniya o‘z daromadlarining bir qismida mahrum bo‘ladi. Yangi funksiya mashhur brauzerning 64-versiyasida paydo bo‘ldi, deb yozadi «Xabar.uz».

«Google»ning reklama bloklovchisi barcha e’lonlarni taqiqlamaydi. U alohida asabga teguvchi reklamalarni bloklaydi va oddiylariga ruxsat beradi. Kompaniyaning asosiy daromadini reklamalardan keladigan pullar tashkil etgani bois, «Google» barcha e’lonlardan voz kechmaydi.
«Ko‘plab foydalanuvchilar odamning asabiga tegadigan rekalamalardan norozi bo‘lib, ularni bloklamoqda. Biroq barcha e’lonlarni bloklash sayt va reklama beruvchilarning zarariga ishlaydi», — deydi «Google» vitse-prezidenti Roy-Chodri.

Xususan, taqiqqa brauzer oynasiga «suzib» chiquvchi reklamalar, katta reklama stikerlari, avtomatik tarzda ishga tushadigan ovozli reklamalar, shuningdek, vaqti belgilangan reklamalar uchraydi. Bundan tashqari mobil qurilmalar ekranining uchdan bir qismidan ko‘prog‘ini egallaydigan reklamalarga ham ruxsat berilmaydi.

«Google»ning ma’lum qilishicha, hozirda saytlarning 42 foizi shu turdagi reklamalarni bartaraf etish bo‘yicha kerakli chora-tadbirlarni ko‘rmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Google» o‘zining «Chrome» brauzeriga reklamalarni taqiqlovchi funksiyani qo‘shdi