12:15 / 21.02.2018
5 384

Nokia 9: qayrilma displeyli flagmanning yangi tasvirlari paydo bo‘ldi (foto)

Nokia 9: qayrilma displeyli flagmanning yangi tasvirlari paydo bo‘ldi (foto)
Nokia 25 fevral kuni Barselonadagi MWC 2018 ko‘rgazmasi doirasida yangi smartfonlari taqdimotini o‘tkazadi, deb yozadi Daryo. Asosiy yangilik Nokia 9 flagmani bo‘ladi. Internetda g‘ilofga o‘ralgan ushbu smartfonning ko‘plab tasvirlari paydo bo‘ldi.

Nokia 9 ning o‘ziga xos asosiy jihati yonlari biroz qayrilgan 5,5 dyuymli displey bo‘ladi. Shuningdek, unda Carl Zeiss optikali asosiy qo‘sh kamera va old qo‘sh kamera bo‘ladi. Smartfonning old tomonida rom ingichka bo‘lgani tufayli, barmoq izi skaneri orqa panelga ko‘chirilgan.


Nokia 9 1440×2560 pikselli 5,5 dyuymli ekran, 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 845 protsessori, 6/8 Gb tezkor va 64/128 Gb doimiy xotira, 13 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera, 3250 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Android 8.0 Oreo operatsion tizimida ishlaydi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Nokia 9: qayrilma displeyli flagmanning yangi tasvirlari paydo bo‘ldi (foto)