07:32 / 25.02.2018
4 360

Endi poyezdda Toshkentdan Xitoygacha borish mumkin bo‘ladi

Endi poyezdda Toshkentdan Xitoygacha borish mumkin bo‘ladi
23 fevral kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Passajirskiye perevozki” AJ hamda “Qazaqstan temir jolы” milliy kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda juma kuni “Passajirskiye perevozki” AJ matbuot xizmatiga tayanib “Kazinform” xalqaro axborot agentligi xabar tarqatdi, deb yozadi Qalampir nashri.

Uchrashuv chog‘ida temir yo‘l transporti orqali yo‘lovchilarni tashish yo‘nalishidagi dolzarb masalalar muhokama qilingan.

Tomonlar, xususan, Olmaota – Toshkent yo‘nalishida qatnovchi №1/2 xalqaro yo‘lovchi poyezdi qatnovi davriyligini oshirishni kelishib olgan. Unga muvofiq, 2018 yilning 18 martidan poyezd haftasiga uch marta qatnaydi (hozirda ikki marta).

Buyuk Ipak yo‘lining qayta tiklanishi hamda turizmni ommalashtirish doirasida Urumchi – Olmaota poyezdi yo‘nalishini yozgi mavsumda Toshkentgacha uzaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Qozog‘iston tomoni, shuningdek, Toshkent – Moskva va Toshkent – Samarqand – Termiz yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yilishini qo‘llab-quvvatladi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar elektron chiptalar sotuvini rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etish bo‘yicha ham kelishib olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Endi poyezdda Toshkentdan Xitoygacha borish mumkin bo‘ladi