00:20 / 05.03.2018
5 214

Internetda 5 dollarlik mobil telefon haqida rolik paydo bo‘ldi

Internetda 5 dollarlik mobil telefon haqida rolik paydo bo‘ldi
YouTube’da narxi 5 dollarlik Viva V1 mobil telefoni haqida rolik paydo bo‘ldi. Telefon Hindistonda ishlab chiqariladi va uni eng kam ta’minlangan qatlam vakillari ham sotib olishga qodir deb yozadi Kun nashri.

Ushbu qurilma barcha asosiy funksiyalarga ega. Telefonni yaratgan kompaniyaning ta’kidlashicha, qurilma Hindistonda ishlab chiqarilgan eng arzon gadjetdir. Mobil qurilma monoxrom displey, standart tugmalarga ega.

Qurilma USB-port va sim-kartalar uchun slotga ega. Bu telefonda kalkulyator va Snake o‘yini ham bor. Foydalanuvchilar 5 dollarga telefon sotib olish imkoniyati paydo bo‘lganidan hayrat bildirishgan.

Telefonda, shuningdek, radio va quloqchinlar mavjud. Foydalanuvchilardan birining eslashicha, 1990 yilda bunday funksiyalarga ega bo‘lgan telefonga 5 ming dollar so‘ralgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Internetda 5 dollarlik mobil telefon haqida rolik paydo bo‘ldi