Qancha urinmang, foydasi yo‘q.
Foto: “Nashkomp.ru”
Tasodifan yoki ataylab “Telegram”dagi barcha yozishmalar tarixini o‘chirib yubordingiz, biroq u yerda sizga kerakli narsalar borligi birdan yodingizga tushdi… Endi esa uni qayta tiklash kerak. Buning uchun nima qilish lozim? Axir ko‘plab messenjerlarda bu kabi funksiya mavjud-ku. Bundan tashqari ular yozishmalar tarixidan zaxira tarzida nusxa olib qo‘yish imkonini beradi. “Telegram”da ham shunday qilsa bo‘ladimi?
Yozishmalarni qanday tiklash mumkin?
Foydanuvchilarning aksariyati messenjerning o‘zida ushbu ishni bajarish imkonsiz deb hisoblaydi. Shunda ular “Telegram” o‘rnatilgan papkaning ichiga kirib ko‘rishadi. Biroq u yerda ham yozishmalar tarixiga bog‘liq fayllarni topa olishmaydi. Jahli chiqqan foydalanuvchi qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan bog‘lanadi. Shunda “Telegram” ma’muriyatidan yakuniy xulosa taqdim etiladi: “Telegram”da o‘chirib yuborilgan yozishmalarni qayta tiklashning iloji yo‘q. Umuman!
Nega qayta tiklashning iloji yo‘q?
Yakuniy izohni olgan foydalanuvchini boshqa savol qiynay boshlaydi: nega iloji yo‘q?
Buning sabablarini quyida keltirib o‘tamiz:
- “Telegram”ni yaratishda asosiy e’tibor shaxsiy xavfsizlikka qaratilgan. Shunga muvofiq, foydalanuvchiga o‘z yozishmalarini boshqa hech kim o‘qiy olmasligi uchun unga qayta tiklash usulisiz o‘chirib tashlash huquqi berilgan.
- Barcha yozishmalar “Telegram”ning markaziy serverida saqlanadi. Shunday ekan, ular o‘sha yerdan o‘chiriladi — foydalanuvchining qo‘lidagi qurilmadan emas. Qayta tiklash uchun esa markaziy serverdan foydalanish huquqiga ega bo‘lish kerak. Albatta, hech kim oddiy foydalanuvchiga bu kabi huquqni bermaydi.
Yozishmalarni qayta tiklashga qodir “sehrli” dasturlar
Ba’zida internet tarmog‘ida “Telegram”dagi yozishmalarni qayta tiklab beruvchi dasturlar paydo bo‘lib qoladi. Xuddiki, uni yaratishda Durovning shaxsan o‘zi ishtirok etgan. Bularning barchasi 100 foiz xavfli dasturlar yoki “toza” virus hisoblanadi. Bu kabi “sehrli” dasturlar avvaliga foydalanuvchidan uning telefon raqamini so‘raydi (akkauntiga kirish uchun) — shundan so‘ng foydalanuvchi hisobidagi pullar qayerga yo‘qolganini bilmay ham qoladi…
Ishonuvchan foydalanuvchilarga yana bir bor eslatib o‘tamiz: “Telegram” messenjerida o‘chirib yuborilgan yozishmalarni qaytarishning hech qanday usuli yo‘q!
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi