23:03 / 23.03.2018
4 120

Odnoklassniki suniy intellekt boshqaruvidagi videoqo‘ng‘iroqlarni ishga tushirdi

Odnoklassniki suniy intellekt boshqaruvidagi videoqo‘ng‘iroqlarni ishga tushirdi
Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i o‘zining ovozli va videoqo‘ng‘iroqlarini qaytadan ishga tushirdi va ularga suniy intellektni qo‘shimcha qildi. Foydalanuvchilar o‘z qarindoshlari va yaqin kishilariga har qanday uskunadan qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi: ijtimoiy tarmoqning veb-versiyasidan qo‘shimcha dasturiy ta’minot (DT)siz va OKning Android va iOS dagi mobil ilovalaridan. Qo‘ng‘iroqni foydalanuvchi bilan shaxsiy xabarnomalar chatidan yoki do‘stingiz profili sahifasidan amalga oshirish mumkin.

Qo‘ng‘iroqlar platformasi ichidagi suniy intellekt mobil operatorining kichik tarmoqlari bo‘yicha statistikani yig‘adi (internetning o‘tkazish qobiliyati, paketlar yo‘qolishi, ovozli signalning o‘zgarishi, r2r-birikmalar o‘rnatish imkoniyati) va avtomatik ravishda tarmoq bayonnomasi parametrlarini qo‘ng‘iroqqacha ham, qo‘ng‘iroq vaqtida ham sozlaydi. Bu birlashishni o‘rnatish vaqtini ancha qisqartirish va aloqa sifatini yaxshilash imkonini berdi.

Aniq sharoitlarda ma’qul parametrlarni tanlashga dinamik ravishda o‘qiydiganneyrotarmoq javob beradi. Shunday qilib, OKdagi har bir bajarilgan yangi qo‘ng‘iroq bilan texnologiya qayta o‘qiydi, va qo‘ng‘iroqlar sifati oshadi. Bunda foydalanuvchilar o‘z fidbekini qoldirishlari mumkin, uni suniy intellekt keyingi qo‘ng‘iroqda hisobga oladi.

Shuningdek, Odnoklassniki qo‘ng‘iroq interfeysini to‘liq qayta ishladi. Xususan, endi qo‘ng‘iroq mini-pleyerga o‘raladi, bunda foydalanuvchilar sayt yoki mobil ilovaning boshqa bo‘limlariga o‘tishlari mumkin.

Marina Krasnova, Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ining “Video”, “Lenta” va OK Live mahsulotlari bo‘yicha direktori:

– Biz Odnoklassnikida videoqo‘ng‘iroqlar platformasini dinamik o‘qiydigan neyrotarmoq bazasida to‘liq qayta ishga tushirdik: kartinka va ovoz sifatini yaxshiladik, qo‘ng‘iroqlarni internet sharoitlari va birlashish sifatiga ko‘nikishga o‘rgatdik. Auditoriyaning bir qismida testlash natijasida muvaffaqiyatli qo‘ng‘iroqlar soni ikki barovar o‘sishni ko‘rsatyapti. Qo‘ng‘iroqlar – bu foydalanuvchilarga oradagi masofaga qaramasdan bir-birini ko‘rish, yaqin kishilari bilan bog‘lanishimkoniyatidir.Shuning uchun ham bizga qo‘ng‘iroqlar qilish judayam muhim, ular internet tezligi, uskuna yoki joylashgan yeridan qatiy nazar, barcha foydalanuvchilar uchun joiz bo‘ladi. Biz Odnoklassnikida bundan keyin ham qo‘ng‘iroqlarni rivojlantirish va foydalanuvchilarning bir-biriga yaqinroq bo‘lishlari borasida ishlashni davom ettiramiz.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Odnoklassniki suniy intellekt boshqaruvidagi videoqo‘ng‘iroqlarni ishga tushirdi