Foto: “Hi-tech.mail.ru”
“Doktor Veb” kompaniyasi “Google” videoservisida xavfli virus tarqalganini ma’lum qildi. U zararlangan qurilmadagi fayllar va shaxsiy (ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar va boshqa onlayn servislardagi) ma’lumotlarni o‘g‘irlaydi. Virus ayni vaqtda ham tarqalishda davom etmoqda, deb yozadi “Xabar” nashri.
Zararli dastur “Trojan.PWS.Stealer.23012” nomini olgan. Yovuz niyatli kimsalar zararli dastur havolalarini “YouTube”dagi videoroliklar ostidagi izohlarga joylashtirmoqda. Kiberjinoyatchilar virusni turli foydali dasturlar sifatida taqdim etyapti.
Havolalar “Yandeks.Disk” serveriga eltadi. Foydalanuvchi saytdagi havolaga bosishi uchun rolik sahifalariga soxta ijobiy izohlarni qoldirishmoqda. Mazkur havola orqali o‘tishga uringaningizda virus kompyuteringizga o‘zidan-o‘zi ochilib ketuvchi RAR-arxivini yuklab oladi.
Virus kompyuterda “Chrome”, “Yandeks. Brauzer”, “Opera”, “Vivaldi”, “Kometa”, “Orbitum”, “Dragon”, “Amigo”, “Torch” brauzerlaridagi
- “Cookies” fayllarni yig‘a boshlaydi;
- Brauzerlarda saqlab qo‘yilgan login/parollar;
- Ekranning suratini o‘g‘irlaydi.
Shuningdek, u “Windows”ning ishchi stolidan ham nusxa ko‘chiradi. Olingan barcha ma’lumotlar jinoyatchilarning serverlariga yuboriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi
Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi!