Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi Vuxara Real Moto mas’uliyati cheklangan jamiyatida «Lochin» brendi ostida yuk mototsikllari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, deb xabar berdi O‘zA.
Loyiha tashabbuskori bino va inshootlarda 2 milliard so‘mlik rekonstruksiya ishlarini amalga oshirib, sexlar xorijiy investor tomonidan 700 ming dollarlik zamonaviy innovatsion texnologik uskunalar bilan jihozlandi. Undagi barcha texnologik jarayonlar avtomatlashtirilgan bo‘lib, kompyuter asosida boshqariladi.
Yig‘iladigan shosse, bort, ressor va boshqa qismlar korxona sexlarida tayyorlanmoqda.
Yuk mototsikllariga O‘zbekistonda, xususan, Buxoro viloyatida ham talab katta. Ular qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan, issiqxonalarda yetishtiriladigan bodiring va pomidorlarni tashishda tirkagichli texnikalarga nisbatan qulayligi, kam yonilg‘i sarf qilishi va boshqa jihatlari bilan ancha ustun.
Korxona rahbariyati loyihani amalga oshirish davom etayotgan bir paytda tashqi bozordagi talabni o‘rganish, ya’ni marketing ishlarini ham boshlab yuborgan edi. Korxona mahsulotiga qiziqish bildirgan Rossiyadagi tadbirkorlik sub’ekti vakillari hali o‘tgan yilning oxirida viloyatning olis chekka hududlaridan biri — Qorovulbozor tumaniga kelib, 1000 ta yuk mototsikli xaridi bo‘yicha shartnoma tuzdi. Hademay, umumiy qiymati 1,4 million dollarga yaqin eksport buyurtmalarini bajarishga kirishiladi. Shuningdek, korxona tashqi bozor bilan aloqalarni yangi sheriklar hisobiga yanada kengaytirish niyatida. Yaqin kunlarda Turkmanistonda bo‘lib o‘tadigan Made in Uzbekistan ko‘rgazmasi ham ana shu maqsadga xizmat qiladi.
«Biz ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich mahalliylashtirish hisobiga kengaytirish choralarini ko‘rmoqdamiz. Bundan tashqari, mahsulot assortimenti ro‘yxatidan yaqin istiqbolda yopiq kabinali yuk mototsikllari, boshqa motoulovlar, tomorqa yerlarini o‘rtacha chuqurlikda ag‘daradigan haydagichlar, nogironlik aravachalari ham o‘rin oladi. Ayni paytda korxonamizda 50 dan ziyod ishchi mehnat qilmoqda. Yangi loyihalarni amalga oshirish hisobiga ular soni 200 ga yetkaziladi», — deydi Vuxara Real Moto MChJ rahbari Sa’dijon Vahobov.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi