4 684
O‘zbekiston va Jahon banki hamkorlikda internet va raqamli texnologiyalarni rivojlantiradi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev Jahon banki delegatsiyasi bilan internet va raqamli xizmatlarni rivojlantirishda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikda amalga oshirish ko‘zda tutilgan Digital CASA loyihasi yuzasidan fikr almashdilar.
"O‘zbekiston tomoni loyihadan kutayotgan natijalar xususida ma’lum qilib, Butunjahon banki bilan istiqboldagi hamkorlik yuzasidan takliflarini bayon qildi. Tomonlar istiqbolda ikkitomonlama manfaatdor hamkorlikni davom ettirish yuzasidan fikr-mulohaza almashishga kelishib oldilar”, — deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.
Mazkur loyiha mamlakatda raqamli texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish, "elektron hukumat" tizimlarini joriy qilish hamda raqamli iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash kabi maqsadlarni ko‘zlaydi.
Markaziy va Janubiy Osiyoni yagona raqamli xabga bog‘laydigan va transchegaraviy telekommunikatsiya tarmog‘ini yaratishga qaratilgan Digital CASA loyihasi dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan mamlakatlarga Internetga tezkor ulanish, shuningdek, mamlakatning tranzit salohiyatini oshirishiga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yanvar oyida mas’ul shaxslarga internetga ulanish narxlarini pasaytirish, internetga ulanish tezligini oshirish bo‘yicha topshiriq bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi