23:18 / 01.05.2018
5 002

Pavel Durov: "Ertaga kech bo‘lishi mumkin!"

Павел Дуров: "Эртага кеч бўлиши мумкин!"
Pavel Durov, Roskomnadzorning "qora ro‘yxati"ga tushgan Telegram messenjerining asoschisi hamda egasi o‘zining rossiyalik auditoriyasiga murojaat qilib, ularni Rossiyada Telegram messenjerini bloklashga qarshi miting uyushtirishga chorladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qarshi namoyishlar 30 aprelda o‘tkazilishi belgilangan, 1 mayda ko‘chaga chiqish esa foydasiz bo‘lishi mumkin, deb uning so‘zlarini keltiradi Terabayt nashri.

«Bu moskvalilkar uchun o‘zlarining umumiy qarashlarini ifodalash va himoya qilish uchun tarixiy imkoniyat. Ertadan keyin esa hammasiga kech bo‘lishi mumkin», – deydi Pavel Durov «VKontakte» tarmog‘idagi sahifasida.

Uning aniqlik kiritishicha, miting bugun, 30 aprelda, Saxarova prospektida tashkil qilinadi. Durovning ma’lum qilishicha, Rossiya ayni paytda hal qiluvchi pallada turibdi. Agar hozir aholi bu jarayonni befarq kuzatsa, istiqbolda ular nafaqat Telegram, balki boshqa ko‘plab ommalashgan xizmatlardan ham mahrum bo‘ladilar.

«So‘nggi 2 hafta mobaynida biz internet-senzori bilan misli ko‘rilmagan jangni boshimizdan o‘tkazdik. Biz buni siz uchun – o‘zimizning rossiyalik foydalanuvchilar uchun qildik. Endi esa Rossiyada internetning taqdiri sizning qo‘lingizda», – qo‘shimcha qildi Durov.

Aytish joizki, 18 aprelda Telegram bloklanishiga qarshi namoyishda ishtirok etgan fuqarolarga 100 soat majburiy ishlab berish jazosi qo‘llanilgan edi.

Aprelning o‘rtalaridan boshlab Telegram rahbari Pavel Durov Rossiya xavfsizlik idorasiga shifrlash kalitlarini berishni rad etgach, Roskomnadzor sudning qarori bilan messenjerning IP-manzillarini ommaviy blokirovka qilishga kirishib ketgan. 29 aprelda Telegram faoliyatida nosozlik kuzatilgan. Ayni paytda esa messenjerdan foydalanish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Pavel Durov: "Ertaga kech bo‘lishi mumkin!"