09:28 / 04.05.2018
4 048

«WhatsApp»da uzoq kutilgan funksiyalar paydo bo‘ladi

«WhatsApp»da uzoq kutilgan funksiyalar paydo bo‘ladi
Har yili bo‘lib o‘tadigan dasturchilarning F8 anjumani doirasida «Facebook» kompaniyasi o‘zining deyarli barcha servislariga yangiliklar joriy etilganini ma’lum qildi. Jumladan, kompaniyaga qarashli «WhatsApp» messenjeri ham chetda qolmagan, deb xabar berdi «Xabar.uz».

«WhatsApp» dunyodagi eng mashhur messenjer bo‘lishiga qaramasdan, u o‘z imkoniyatlari jihatidan raqobatchilardan sezilarli darajada orqada. Shu sababli dasturchilar ushbu muammoga yechim topishga kirishdi. Joriy etilajak yangiliklardan biri — guruh bo‘lib videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish funksiyasi hisoblanadi. Hozircha u haqida batafsil ma’lumotlar kam, biroq taqdim etilgan tasvirlarga ko‘ra, «konferensiyada» bir vaqtning o‘zida to‘rttagacha foydalanuvchi ishtirok etishi mumkin.

Ikkinchi yangilik — stikerlarni qo‘llab-quvvatlash funksiyasi. Endilikda servisning o‘zinikidan va boshqa dasturchilar tomonidan yaratilgan stikerlardan ham foydalanish mumkin.

So‘nggi yangilik «WhatsApp»dan ish qurilmasi sifatida foydalanadiganlar uchun. Joriy yil boshida «Android» qurilmalarga «WhatsApp For Business» chiqarilgan edi. Mazkur servis bepul edi, biroq tez orada servisda pulli funksiyalar ham paydo bo‘la boshlaydi. Bu orqali mijozlarni jalb etish maqsad qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «WhatsApp»da uzoq kutilgan funksiyalar paydo bo‘ladi