00:30 / 05.05.2018
4 885

Yaponiyada uchar avtomobilning ilk sinovi o‘tkaziladi

Yaponiyada uchar avtomobilning ilk sinovi o‘tkaziladi
Yaponiyada mamlakatdagi ilk uchar avtomobilni sinovdan o‘tkazishga tayyorgarlik jarayoni yakunlandi, deb xabar beradi «Daryo».

Sinov Toyota Motor kompaniyasining shtab-kvartirasi joylashgan Toyoda shahridagi poligonda bo‘lib o‘tadi.

Mashina to‘rtta vintdan iborat, ular avtomobilga kvadrokoptyorga o‘xshab uchish imkonini beradi. Avtomobil rejimida transport uchta g‘ildirakda harakatlanadi. Mashinaning uzunligi 3,7 metrni, balandligi esa 1,5 metrni tashkil etadi. U ikki kishiga mo‘ljallangan. Konstruktorlarning rejasiga ko‘ra, mashina 10 metr balandlikka ko‘tarilib, soatiga 100 kilometr tezlikda harakatlana oladi.

Qayd etilishicha, avtomobilni yaratish ishlari 2020 yilda tugatiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yaponiyada uchar avtomobilning ilk sinovi o‘tkaziladi