23:51 / 05.05.2018
5 178

Eron prezidenti: «Telegram»ni hukumat bloklagani yo‘q»

Eron prezidenti: «Telegram»ni hukumat bloklagani yo‘q»
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakatda «Telegram» messenjerining bloklanishida hukumatning aloqasi yo‘qligini bildirdi. Bu haqda «Gazeta.ru»ga asoslanib, «Xabar.uz» xabar qilmoqda.

«Shu vaqtga qadar birorta messenjer yoki ijtimoiy tarmoq hukumat tomonidan bloklanmadi, bloklanmaydi ham. «Telegram»ning bloklanishi hukumat tazyiqi yoki uning xayrixohligida o‘tkazilmagan», — deya yozgan Ruhoniy.

Uning fikricha, sud mazkur hukm yuzasidan mustaqil qaror chiqargan.

30 aprel kuni Eronda «Telegram» messenjeri milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida bloklangani ma’lum qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Eron prezidenti: «Telegram»ni hukumat bloklagani yo‘q»