11:52 / 14.05.2018
3 680

YouTube’da foydalanuvchilarga tanaffus qilishni eslatuvchi funksiya joriy qilindi

YouTube’da foydalanuvchilarga videoroliklarni tomosha qilish vaqtida tanaffus qilib olishni eslatuvchi funksiya joriy qilindi. “Menga tomoshadan dam olishni eslatish” deb nomlangan bu funksiya YouTube’ning Android va iOS uchun yangi versiyalarida joriy qilingan, deb yozadi Kun.uz sayti.

Dastur 15, 30, 60, 90 va 180 daqiqadan keyin videoni tomosha qilishdan dam olish lozimligini eslatishi mumkin. Belgilangan vaqtdan keyin video to‘xtaydi, so‘ngra foydalanuvchi ogohlantirishni o‘tkazib yuborib, namoyishni davom ettirishi mumkin. Taymer videodagi pauzalar va dastur yopilishini ham hisobga oladi.

Boshlang‘ich holatda bu funksiya o‘chirilgan bo‘ladi.
YouTube’da foydalanuvchilarga tanaffus qilishni eslatuvchi funksiya joriy qilindi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » YouTube’da foydalanuvchilarga tanaffus qilishni eslatuvchi funksiya joriy qilindi