20:53 / 18.05.2018
6 710

Shavkat Mirziyoyev AQShdan olib kelingan yangi samolyotni ko‘zdan kechirdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev AQShdan olib kelingan yangi samolyotni ko‘zdan kechirdi (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev Vashingtondan qaytib, Toshkent xalqaro aeroportida yangi Boeing-787 samolyotini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dreamliner, ya’ni «orzu layneri» deb nomlanuvchi ushbu havo kemasi 14 ming kilometrga to‘xtovsiz ucha oladi. 270 yo‘lovchi o‘rniga ega. Samolyot borti kompozit materiallardan tayyorlangani yoqilg‘i tejamkorlikni ta’minlaydi. «Aqlli» texnologiyalar, salondagi qulaylik yo‘lovchilarga zamonaviy qulaylik yaratadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati
Ma’lumki, ilgari ikkita shunday samolyot sotib olingan edi. Prezidentning fevral oyidagi topshirig‘iga muvofiq, juda qisqa vaqtda yana bitta Dreamliner xarid qilindi. Davlat rahbarining AQShga rasmiy tashrifi yakunida ushbu havo kemasi mamlakatga olib kelindi.

Shavkat Mirziyoyev ushbu avialaynerni ko‘zdan kechirdi, xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Milliy aviakompaniya orqali qatnovchi yo‘lovchilarni ko‘paytirish, odamlarga qulayliklarni oshirish zarurligini ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
«O‘zbekiston havo yo‘llari»dan ma’lum qilishlaricha, kuni kecha Vashington shahrida milliy aviakompaniya bilan AQShning Boeing kompaniyasi o‘rtasida bitim imzolangan. 2019 yilda ikkita, 2020 yilda yana bitta Dreamliner olib kelinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Shavkat Mirziyoyev AQShdan olib kelingan yangi samolyotni ko‘zdan kechirdi (foto)