08:30 / 23.05.2018
4 210

Google kompaniyasi millionlab foydalanuvchilar ortidan ayg‘oqchilik qilgani fosh bo‘ldi

Google компанияси миллионлаб фойдаланувчилар ортидан айғоқчилик қилгани фош бўлди
Buyuk Britaniya sudi Google kompaniyasiga qarshi jamoaviy shikoyatni ko‘rib chiqadi. Shikoyatda iPhone tutuvchi 4,4 mln kishi kompaniyani ayg‘oqchilikda va shaxsiy ma’lumot yig‘ishda ayblagan.

Advokat Richard Lloydning aytishicha, 2011 yil avgustidan 2012 yil fevraligacha Google Apple’ning Safari brauzeridagi xavfsizlik sozlanmalarini chetlab o‘tgan. Shu tariqa kompaniya o‘z reklamasini aholining ma’lum qatlamlariga qaratmoqchi bo‘lgan. Google bunda foydalanuvchilarni “futbol ishqibozlari” va “havaskorlar”ga bo‘lgan.
Google’dan noqonuniy ishi uchun 3,2 mlrd funt sterling to‘lash talab qilinmoqda.

Google’da ta’kidlanishicha, ma’lumotlar uchinchi tomonlarga berilmagan, ular bo‘yicha aniq odamni aniqlab bo‘lmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google kompaniyasi millionlab foydalanuvchilar ortidan ayg‘oqchilik qilgani fosh bo‘ldi