15:26 / 30.05.2018
3 002

Toshkentda YPX xodimlari uchun mo‘ljallangan “body camera”ni sinovdan o‘tkazish boshlandi

Toshkentda YPX xodimlari uchun mo‘ljallangan “body camera”ni sinovdan o‘tkazish boshlandi
Toshkent shahar IIBB YHXB “body camera” ya’ni yo‘l-patrul xizmati xodimlari uchun mo‘ljallangan holatni qayd etib boruvchi video kameralarni sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda boshqarma rasmiy sayti xabar qiladi.

Ushbu video kamera xodimning kunlik ish faoliyati, haydovchilar bilan o‘zaro muloqotini uzluksiz yozib boradi. Kameralar yagona boshqaruv tizimiga ulangan bo‘lib, markaziy apparat tomonidan boshqariladi. YPX xodimining kamera yozuvini to‘xtatib qo‘ya olmasligi, qayd etilgan tasvirni o‘chira olmasligi tizimda korrupsiyaning oldini olishga, vaziyatlarni haqqoniy o‘rganish va adolatli chora-tadbirlar ko‘rishga yordam beradi.

Uskuna sinovdan o‘tgan taqdirda, undan sohada keng foydalanish ko‘zda tutilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)