Foto: «Nv.ua»
«Shift» blokcheyn startapi «Apple»ni o‘zining yangi funksiyasi logopini o‘g‘irlaganlikda ayblab, sudga berdi. Startap «iOS» yaratuvchilaridan 200 ming dollar talab qilmoqda, deb xabar beradi «Xabar» nashri.
«Apple»ning yangi logotipida «iOS» dasturining rasmlari ustma-ust joylashgan. «Shift» logotipi esa xuddi shu ranglardan iborat dizaynga ega. Ikkala holatda ham konstruksiya S harfini yodga soladi.
Foto: «Nv.ua»
«Shift» yuristining ta’kidlashicha, kompaniya mijozlari firmaning savdo markasiga o‘rganishlari uchun rasmiy logotipni tarqatish yo‘lida «ancha vaqt va mehnat» sarflaydi. Shu sababli kompaniya «Apple»dan ushbu logotipini olib tashlashni yoki 200 ming dollar to‘lashini talab qilmoqda.
«Eng ko‘p mablag‘ga ega «Apple» kompaniyasi bizning logotipimizni o‘g‘irlagani juda g‘alati», — deydi «Shift» vakili.
Hozirda «Apple» ushbu da’vo arizasiga izoh bermadi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Kaliforniya sudi «Samsung» kompaniyasiga patent qoidalarini buzganligi uchun «Apple» korporatsiyasi hisobiga 539 million dollar to‘lash majburiyatini qo‘ygan edi. Endi esa «Apple»ning o‘zini boshiga shunday savdo tushmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!