10:56 / 17.06.2018
5 085

O‘zbekiston havo yo‘llari har biri 99 mln dollar bo‘lgan 4 dona samolyot xarid qiladi

O‘zbekiston havo yo‘llari har biri 99 mln dollar bo‘lgan 4 dona samolyot xarid qiladi
"O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi Airbus A320neo yangi tor fyuzelyajli samolyotlarga ega bo‘ladi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar berdi.

Aviakompaniya lizing asosida to‘rtta Airbus A320 turkumidagi Airbus A320neo samolyotlarini sotib oladi.

"Bular tor fyuzelyajli yo‘lovchi reaktiv samolyotlarining yangilangan versiyasidir. O‘rtacha 150-200 o‘rinli bu samolyotlar tejamkor dvigateli va fyuzelyajining zamonaviy ishlanmasi bois yonilg‘ini sezilarli ravishda tejash imkonini beradi", — deb ma’lum qilgan aviakompaniya.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" rahbariyati Airbus A320 samolyotlarini sotib olish borasida xorijlik hamkorlar bilan uchrashuv o‘tkazgan. Tez orada MAK havo kemalarini lizing asosida taqdim etuvchi boshqa kompaniyalar bilan muzokaralarda qatnashadi.

Ma’lumot uchun, Airbus A320neo samolyotlarning narxi 99 mln dollar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekiston havo yo‘llari har biri 99 mln dollar bo‘lgan 4 dona samolyot xarid qiladi