15:27 / 24.06.2018
4 841

Britaniya kiyim do‘konlarida aqlli ko‘zgu o‘rnatildi

Britaniya kiyim do‘konlarida aqlli ko‘zgu o‘rnatildi
Mastercard to‘lov tizimi Britaniyadagi do‘konlar uchun Smart Mirror to‘lov funksiyali aqlli ko‘zgularni ishlab chiqardi. Bu yangi ixtiro yilning oxirigacha do‘konlarga ommaviy tarzda o‘rnatiladi. Smart ko‘zgu kassa oldida to‘lovlarni amalga oshirish uchun to‘plangan xaridorlar sonini ancha kamaytirishga yordam beradi. Shunindek, ushbu ixtiro kiyinish xonalariga ajratilayotgan vaqtning 40% tejashga ham yordam beradi.

Mastercard kompaniyasining ushbu yangi ixtirosi o‘zida RFID texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi (ob’ektlarning avtomatik identifikatsion radioto‘lqini ). Shu sababli bu kabi ko‘zgular mahsulotni tanish kobiliyatiga ega. Aniqrog‘i, mijoz kiyim almashtirish xonasiga kirganida, aqlli ko‘zgu bir zumda mijozga tegishli o‘lcham va rangini tanlab beradi. To‘lov esa, plastik karta yoki mobil ilova yordamida ushbu ko‘zgu orqali amalga oshiriladi.

Money 20/20 nomli konferensiyada namoyish qilingan ko‘zgu Amerikaning bir qator do‘konlariga, jumladan Levi’s brendining do‘konlarida o‘rnatilgan. Yaqin kelajakda Smart Mirror ko‘zgulari Britaniyaning qator do‘konlarida ham o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Britaniya kiyim do‘konlarida aqlli ko‘zgu o‘rnatildi