22:03 / 27.06.2018
4 985

Xitoyda josus kabutarlar xizmatidan foydalanish yo‘lga qo‘yildi

Xitoyda josus kabutarlar xizmatidan foydalanish yo‘lga qo‘yildi
Foto:“Sabah.com”
Xitoy hukumati uyg‘urlar yashaydigan Shinjon viloyatidan boshlab 5 ta hududni josus-robot kabutarlar orqali kuzatib bora boshladi. Bu haqda “Xabar” nashri ma’lum qilmoqda.

Honkongda joylashgan “South China Morning Post” gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy qo‘shini so‘nggi yillarda josus-robot kabutarlar hamda dronlar orqali asosan musulmonlar yashaydigan hududlarni kuzatib borayapti.

Josus-robot kabutarni Xitoy qo‘shinlarining buyurtmasi asosida Shian shahridagi Shimoli-g‘arb texnika universiteti professori Song Bifeng ixtiro qilgan.

Yaqin kelajakda bu josus-robot kabutarlarning vazifalari yanada kengayadi.

Josus-robot kabutarlarni tabiiy kabutarlardan ajratish qiyin. Mutaxassislarning aytishicha, robotlar ovozsiz harakat qilib, jonli kabutarga 90 foiz o‘xshaydi.

1,54 milliard AQSH dollari qiymatiga teng loyiha yaqin kelajakda faqat harbiy va xavfsizlik sohalarida emas, balki favqulodda holatlar, atrof-muhitni asrash, shaharlar loyihasini ishlab chiqishda ham qo‘llanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoyda josus kabutarlar xizmatidan foydalanish yo‘lga qo‘yildi