22:17 / 02.07.2018
5 958

O‘zbekistonda traktorlar ishlab chiqaruvchi yana bir korxona ish boshladi

O‘zbekistonda traktorlar ishlab chiqaruvchi yana bir korxona ish boshladi
Rossiya Federatsiyasi traktorsozlik zavodining O‘zbekistondagi dileri Road Building Techniques korxonasi Toshkentda B10M buldozerini yig‘ishni boshladi.

O‘zaro kelishuvga ko‘ra, korxona yil davomida Chelyabinsk traktor zavodining traktorlarining butun boshli partiyasini yig‘ishni boshlaydi. Shartnomaga ko‘ra ikki turdagi mexanik transmissiyali B10M va T10MB traktorlari tayyorlanadi.

“O‘zbekistonning traktorsozlik bo‘yicha ishlab chiqarish bazasi mavjud, tajribali mutaxassislari bor. Hozir o‘zbek korxonasi yig‘ish texnologiyasini takomillashtirmoqda va sertifikatsiya masalalarini hal qilmoqda. Shundan so‘ng traktorga maxsus yorliq qo‘yiladi va u O‘zbekiston-Rossiya mahsulotiga aylanadi. Bu texnika import hisoblanmaydi hamda xalqaro tender va tanlovlarda O‘zbekistonning milliy mahsuloti sifatida taqdim etiladi”, deydi kompaniya vakili.

Hozirga qadar Chelyabinsk traktor zavodi Belarus, Ukraina, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda yig‘ib kelinayotgan edi. O‘zbekiston bu ro‘yxatda beshinchi bo‘lib qo‘shildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda traktorlar ishlab chiqaruvchi yana bir korxona ish boshladi