O‘zbekistonda xalqaro internet kanallariga ulanish tezligi soniyasigaa 140,034 Gbitga yetgan, ya’ni 2018 yilning boshiga nisbatan 1,5 barobar oshgan (yil boshida 94,034 Gbit/s). Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida bo‘lib o‘tgan va 2018 yilning I yarim yilligi sarhisoblariga bag‘ishlangan vazirlik Hay’at kengashining yig‘ilishida ma’lum qilindi.
2018 yil oxirigacha xalqaro internet kanallarining o‘tkazuvchanligini 8—10 barobar oshirib, soniyasiga 1 Tbitga yetkazish belgilab olindi. Shuning bilan birga, internet provayderlar uchun xalqaro internet kanallariga ulanish narxi o‘zgarishsiz qolgan – 244 985 so‘mni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, yig‘ilishda ta’kidlanishicha, 2018 yilning ikkinchi yarim yilligida xalqaro yetakchi telexauslarga ulanish nuqtalarini tashkil qilish va turli yo‘nalishlar bo‘yicha yangi marshrutlarni bosqichma-bosqich tashkil qilish, magistral telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish maqsadida mamlakat bo‘ylab 2 ming km lik optik tolali aloqa tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!