12:42 / 08.07.2018
3 611

Spotify Lite testdan o‘tmoqda

Spotify Lite testdan o‘tmoqda
Spotify to‘lqinli musiqa xizmati o‘zining Spotify Lite deb nomlangan yengilroq versiyadagi ilovasini testdan o‘tkazmoqda.

Agarda qurilmaning standartli versiyasi 100 megabayt atrofida bo‘lsa, Spotify Lite bir necha barobar oz — atigi 15 megabayt.

Ushbu versiyaning funksiyalari ham oz. Masalan, bunda musiqani yuqori sifatda eshita olmaysiz. Shuningdek, Spotify Connect funksiyasi ham yo‘q, ya’ni treklarni smartfondan boshqa qurilmalarga o‘tkaza olmaysiz.

Hozircha, Spotify Lite faqat Android qurilmalarida testdan o‘tkazilmoqda va shunda ham, faqat Braziliyada. Ilovani Google Play’da ham ishlatish mumkin, lekin unda qurilma test rejimida ishlatilayotgani haqda darhol ogohlantirish beradi.

Spotify kompaniyasi rasmiylari ma’lum qilishicha, yangi versiya haqiqatan ham testdan o‘tkazilmoqda. Lekin ushbu test qurilma uchun omadli yakun topadimi, u xalqaro bozorga chiqariladimi yoki yo‘qmi, bunisi ma’lum emas.

Manba: Terabayt

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Spotify Lite testdan o‘tmoqda