14:06 / 08.07.2018
6 905

Xitoyliklarning navbatdagi ixtirosi: lazerli “Kalashnikov avtomati”

Xitoyliklarning navbatdagi ixtirosi: lazerli “Kalashnikov avtomati”
Xitoy kompaniyasi politsiyani mutlaqo yangi turdagi qurol bilan ta’minlamoqchi. Bu, yengil vintovka bo‘lib, lazer nurini otadi va dushmanning kiyimi yoki terisini 800 metrlik masofagacha kuydira oladi. Lazer nuri ovoz chiqarmaydi, ko‘rinmaydi, qolaversa, u deraza oynasidan ham o‘ta oladi.

Qurol Xitoy fanlar Akademiyasi qoshidagi Sian optika va aniq mexanika instituti bo‘limi sanalgan ZKZM Laser kompaniyasi tomonidan tayyorlandi.

Mazkur vintovka fuqarolarni garovdan qutqarishda hamda maxfiy harbiy amaliyotlarda foydalanish maqsadida taklif etilmoqda. Shu bilan birga, qurol odamni o‘ldirmaydi, biroq tanaga juda sezilarli og‘riq yetkazadi.

Qurolning og‘irligi uch kilogramm, AK-47’ning og‘irligicha. Vintovkani ishlatishda litiy batareyasidan foydalaniladi, u qariyb, 1000 marta otishga yetar ekan. Hozirda ZKZM ishlab chiqarish uchun hamkor qidirmoqda, bir donasining narxi 15 000 dollar qilib belgilandi.

Darvoqe, xitoyliklar yaratgan qurolning bunday imkoniyatlariga shubha bilan qaraydiganlar ham topildi. Ularning fikricha, lazer nuri 800 metrgacha cho‘ziladigan bo‘lsa, demak u juda kuchsiz bo‘ladi va kiyim yoki tanaga sezilarli ziyon yetkazmaydi. Qurolning batareyasi ham shunchalik quchli va ixcham bo‘lishiga ishonish qiyin, ming marta otishi esa lofdan boshqa narsa emas, deyishmoqda ular.

Manba: Terabayt

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoyliklarning navbatdagi ixtirosi: lazerli “Kalashnikov avtomati”