23:30 / 26.07.2018
4 660

Facebook o‘z tarixidagi navbatdagi “rekord”ga yaqin turibdi

Facebook o‘z tarixidagi navbatdagi “rekord”ga yaqin turibdi
Facebook o‘z tarixida qator rekordlarni qayd etgan, endi yana biriga yaqin turibdi, deb yozadi "Xalq so‘zi" nashri.

Kecha NASDAQ birjasida asosiy sessiya yopilgandan so‘ng Facebook aksiyalari qiymati 24 foiz arzonlashib ketdi. Kompaniya qariyb o‘z bozor qiymatidan 151 mlrd. dollar yo‘qotdi. Agar bugun birja savdolari ochilgandan keyin ham uning qimmatbaho qog‘ozlari narxi tushishda davom etsa, bu Amerika kompaniyalari tarixidagi kapitallashuvning eng yirik pasayishiga aylanishi mumkin.

Hozirgacha bunday “natija” Intelga tegishli bo‘lib turibdi. Ushbu kompaniya 2000 yilda bir kunda 91 mlrd. dollaridan mosuvo bo‘lgandi.

Kompaniya aksiyalari choraklik hisoboti e’lon qilingandan so‘ng tusha boshladi. Bu investorlarni ham hayron qoldirdi. Sababi o‘sish sezilarli darajada sekinlashgan bo‘lsa-da, daromadlar hech qayerga yo‘qolib qolmagandi. Bu o‘z navbatida Sukerbergning xazinasi bir kunda 17 mlrd. dollar ozayganini ham anglatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebook o‘z tarixidagi navbatdagi “rekord”ga yaqin turibdi