21:57 / 09.08.2018
6 390

Ehtiyot bo‘ling: suhbatingizni uchinchi shaxs ham eshityapti...

Ehtiyot bo‘ling: suhbatingizni uchinchi shaxs ham eshityapti...
Ko‘chada ketayotganingizda kimdir sizni kuzatib turgandek tuyulganmi? Shunda o‘zingizni qanday tutgansiz, juda noqulaymi? Endi tasavvur qiling: siz yaqin kishingiz, sirdoshingiz yoki shunchaki tanishingiz bilan telefonda suhbatlashyapsiz, ehtimol, biznes hamkoringiz bilan kelgusi rejalarni belgilab olayotgandirsiz, albatta bu suhbatlar o‘rtangizda qolishi kerak, uchunchi shaxsning guvoh bo‘lib turishi hayolingizga ham sig‘maydigan bir hol bo‘lib ko‘rinadi. Afsuski, suhbatingizni begonalar ham eshitsa bo‘larkan. Ishonavering! Buni hatto, Kiberxavfsizlik bilan shug‘ullanuvchi Asterix firmasi mutaxassislari ham tasdiqlayapti.

Mazkur firma tadqiqotchisi Piter Xenvey smartfonlarni mikrofon qurilmasi orqali eshitish usullari haqida gapirib berdi. Uning ta’kidlashicha, bu slov-triggerlarni o‘rnatish orqali yuz beradi. Piter Xenvey eng ko‘p «josuslik» qilayotganlar orasida, egalarining ijozatisiz ular haqidagi ma’lumotlardan foydalanayotgan Facebook’ning ijtimoiy tarmoqlari servislarini alohida ta’kidladi.

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ehtiyot bo‘ling: suhbatingizni uchinchi shaxs ham eshityapti...