08:31 / 20.08.2018
4 266

“O‘zbektelekom” Qirg‘iziston orqali qo‘shimcha internet kanalga ulandi

"Ўзбектелеком" Қирғизистон орқали қўшимча интернет каналга уланди
“O‘zbektelekom” AJ va Qirg‘izistonning “ElKat” MJCH tarmoqlari orasida o‘zbek-qirg‘iz chegarasi orqali o‘tgan aloqa tarmog‘i ulandi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

“Telekommunikatsion ulanma 2018 yilning 16 avgustidan boshlab tijorat foydalanuviga topshirildi”, - deyilgan kompaniya rasmiy xabarida.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, yangi chegaralararo ulanma Internet tarmog‘iga chiqish uchun muqobil yo‘nalish ochadi. Yangi aloqa yo‘nalishi Qirg‘iziston hududi orqali o‘tgan bo‘lib, u “O‘zbektelekom” AJ imkoniyatlarini kengaytiradi. Shuningdek, yangi ulanma “O‘zbektelekom”ga Afg‘oniston va Turkmaniston yo‘nalishida qo‘shimcha tranzit aloqa kanallarini ochadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » “O‘zbektelekom” Qirg‘iziston orqali qo‘shimcha internet kanalga ulandi