11:01 / 23.08.2018
4 783

F-15 samolyotlarining yadro bombalarini tashlashi namoyish qilindi (video)


AQShning Sandiya milliy laboratoriyalari 4-avloddagi F-15 “Strayk Igl” samolyotlaridan B61 yadro bombasining tashlanishi lavhalarini e`lon qildi.

Tegishli video tashkilotning YouTube-kanalida joylashtirilgan. Ta`kidlanishicha, bomba yadro zaryadisiz bo'lgan.

Lavhada bomba tashlanishining ikki holati ko'rsatilgan: birinchi holatda samolyot yadro qurolini katta balandlikdan, ikkinchisida esa 270 metrdan sal balandroqdan tashlagan. Bomba tushishi vaqtida uning orqasidagi parashyut ochilishini ko'rish mumkin.

Ma`lum qilinishicha, sinovlar Nevada shtatidagi Tonopa poligonida 2017 yilning 11 iyulida o'tkazilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » F-15 samolyotlarining yadro bombalarini tashlashi namoyish qilindi (video)