11:53 / 23.08.2018
4 494

«Xiaomi» kompaniyasi barmoq izlari yordamidagina ochiladigan jomadon turini yaratdi

«Xiaomi» kompaniyasi barmoq izlari yordamidagina ochiladigan jomadon turini yaratdi
Yangi jomadonga «90 Minutes Smart Unlock Suitcase» deya nom berilgan. Jomadonning egasi besh turdagi barmoq izlarini qoldirgan holda undan foydalanishi mumkin. Ixtirochilar biometriya texnologiyasini shvetsiyalik hamkasblaridan o'rganishgan. Qulfi bir marta elektr quvvatiga to'yintirilsa, yarim yilgacha yetadi. Elektr quvvati tugagach, USB-port yordamida yana to'yintirish mumkin.

Jomadon korpusi uch qatlamli «Makrolon» kompozitidan yasalgan. Tutqichi 14 kilogrammgacha yukka dosh beradi.

Jomadon yashil, qora va sariq ranglarda ishlab chiqarilgan. Do'konlardagi narxi esa 145 dollarga teng.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Xiaomi» kompaniyasi barmoq izlari yordamidagina ochiladigan jomadon turini yaratdi