23:23 / 28.08.2018
4 709

Oʻzbekistonda robot-politsiyachilar xizmatga kirishishi kutilmoqda

Oʻzbekistonda robot-politsiyachilar xizmatga kirishishi kutilmoqda
2019-2020 yillarda butun Markaziy Osiyo mintaqasida Rossiyada ishlab chiqarilgan robot-politsiyachilar xizmatga kirishishi kutilmoqda. Bu haqda RIA Novosti nashriga Rossiyaning Promobot kompaniyasi rahbari Oleg Kivokursev xabar bergan, deb yozmoqda Sputnik nashri.

Taʼkidlanishicha, 2018 yilning iyul oyida robot-politsiyachi Qozogʻiston Ichki ishlar departamentida xizmat qilishni boshlagan.

Kivokursevga koʻra, endi Oʻzbekistonda ham shunday amaliyot yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilmoqda.

“Biz ushbu loyihani boshqa mamlakatlarga ham keng targʻib qilishni rejalashtirmoqdamiz. Oʻzbekiston, Yaqin Sharq mamlakatlaridan soʻrovlar kelib tushgan, shu bois robot-politsiyachilar Osiyoda paydo boʻlishi mumkin. Janubiy Koreya ham bu loyihaga qiziqish bildirgan”, - deb aytgan Promobot rahbari agentlikka bergan intervyusida.

Kivokursevning soʻzlariga koʻra, robotning asosiy ishi xavf aniqlanganda bu haqda huquqni muhofaza qilish xodimlarini ogohlantirishdan iborat boʻladi.

Taʼkidlanishicha, robot 24 soat davomida hududni patrul qiladi, videosyemka ishlarini olib boradi, politsiya hisobida turgan jinoyatchilar bazasi asosida shaxslar “yuzlarini tanish” ishlari bilan shugʻullanadi.

U, shuningdek, “terrorizm”, “bomba” va boshqa shu singari kalit soʻzlarga reaksiya bildiradi va bu haqda ham idoraga ogohlantirish yoʻllaydi.

Shuningdek, robotda barmoq izlarini hisoblash funksiyasi ham mavjud. Shubhali shaxslar aniqlangan taqdirda, robot-politsiyachi joyning oʻzida shaxsni tekshirish ishlari bilan shugʻullanishi mumkinligi aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Oʻzbekistonda robot-politsiyachilar xizmatga kirishishi kutilmoqda