11:25 / 29.08.2018
6 981

Oʻzbekistonda koʻchma metan zapravkalar paydo boʻldi

Oʻzbekistonda koʻchma metan zapravkalar paydo boʻldi
Uzoq qishloqlarni gaz bilan taʼminlash va avtomobillarga kompressor stansiyasi boʻlmasa ham gaz quyish muammosi hal qilindi, deb xabar qilmoqda “Oʻzbekneftegaz” AJ.

“Angren” erkin iqtisodiy zonasida “Oʻzbekneftegaz” va Koreyaning NK Group kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan UNG Enk Mobile kompaniyasi tomonidan koʻchma gaz quyish va gaz jamlash akkumulyator stansiyalarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

“Oʻzbekneftegaz” xabarida aytilishiga koʻra, ushbu koʻchma gaz quyish stansiyalari hududiy tadbirkorlarga juda qoʻl kelishi mumkin. Ular oʻz hududlaridagi vaziyatni yaxshi tushungan holda, qayerga ana shunday gaz toʻldirish stansiyalari koʻproq kerakligini yaxshi tushunishadi. Masalan qishloq xoʻjalik ishlari avjiga chiqqan mavsumda ana shunday stansiyalar dalalar yaqinlarida oʻrnatilishi mumkin.

Sinov tariqasida ushbu yil boshida Koreyadan Oʻzbekistonga ikkita ana shunday koʻchma gaz toʻldirish stansiyasi sotib olingan edi. Ular Toshkent viloyatida dalalarda ish mavsumida qishloq xoʻjalik texnikasini siqilgan tabiiy gaz bilan taʼminlashdi.

Koʻchma gaz quyish akkumulyator stansiyasi bir martada 5000 kubmetrgacha gaz olib kelishi va 30ta traktorni zapravka qilishi mumkin. Kompaniya saytida aytilishiga koʻra, yuk avtomobili pritsepi shaklida yasalgan stansiya narxi 203 000 shartli birlik (dollar boʻlsa kerak).

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Oʻzbekistonda koʻchma metan zapravkalar paydo boʻldi