17:20 / 02.09.2018
5 327

Oʻzbekiston shaharlarida Xitoyning osma poyezdlari paydo boʻladi

Oʻzbekiston shaharlarida Xitoyning osma poyezdlari paydo boʻladi
Foto: “Stmegi.com”
Oʻzbekiston shaharlarida Xitoyning osma poyezdlari paydo boʻlishi rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi Sputnik Oʻzbekiston Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga tayanib.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi tomonidan Jizzaxda boʻlib oʻtgan Xalqaro investitsion forumining ikkinchi, yakuniy kunida Beijing Jiufang Grang Move Transportation Equipment Co.Ltd kompaniyasi va Germaniya-Xitoy madaniy almashinuvi uyushmasi tomonidan sanʼat va dizayn sohasida shartnoma imzolangan.

Imzolangan shartnoma Toshkent shahrida, Samarqand hamda Toshkent viloyatlarida temiryoʻl, shu jumladan, turistik temiryoʻl infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan.

Ushbu kelishuvga muvofiq:
  • Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy dargoh tarkibida zamonaviy muhandislik va boshqaruv kadrlarini tayyorlaydigan fakultetni yoki oʻquv dargohini tashkil etishni;
  • Markaziy Osiyodagi beshta davlat poyezdlariga texnik xizmat koʻrsatuvchi markazni tashkil etish;
  • Oʻzbekiston shahar transporti tizimiga Beijing Jiufang Grang Move Transportation Equipment Co.Ltd kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan past, bir relsli osma poyezdlarni kiritish rejalashtirilmoqda.

Shu asosda, Toshkent shahrining va Samarqand viloyatining turistik hududlarida kichik ekskursion poyezdlarni tashkil etish, ushbu hududlar boʻylab mehmonxonalarni qurish rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Oʻzbekiston shaharlarida Xitoyning osma poyezdlari paydo boʻladi