09:27 / 05.09.2018
4 878

Istalgan Android-smartfonni buzib kirishga imkon beruvchi xato topildi

Istalgan Android-smartfonni buzib kirishga imkon beruvchi xato topildi
Xavfsizlik boʻyicha mutaxassislar Android operatsion tizimining eng yangi versiyasi Android 9.0ʻda jiddiy xatolikni topishdi. Bu haqda kiberxavfsizlik sohasidagi tadqiqotlar bilan shugʻullanuvchi Nightwatch Cybersecurity kompaniyasi (AQSH) maʼlum qildi.

Himoyadagi ushbu xato xakerlarga mobil qurilma haqida batafsil maʼlumot olishga imkon beradi: Wi-Fi haqida, ulanish nomi, jumladan, IP-adres, DNS-server, boshqa koʻrsatkichlar va hattoki parolni. Xakerlarga olingan maʼlumotlar asosida qurilmadan chiquvchi va unga kiruvchi trafikni kuzatish va shaxsiy maʼlumotlarni qoʻlga kiritish qiyinchilik tugʻdirmaydi.

Bundan tashqari, xakerlar smartfon haqida batafsil maʼlumotdan xabardor boʻlib, zararli dastur yordamida istalgan smartfonni kuzatishi va hattoki simsiz tarmoq va unga ulangan qurilmalarga hujum uyushtirishi mumkin.

Google ushbu xatodan xabardor qilinib, operatsion tizim uchun uni tuzatuvchi yangilanma chiqargan. Biroq yangilanma muammoni faqat 0,1 foiz qurilmada bartaraf etishi mumkin, qolgan 99,99 foiz smartfonga xavf mavjudligicha qolmoqda va ularni toʻliq himoyalashning hozircha imkoni yoʻq.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Istalgan Android-smartfonni buzib kirishga imkon beruvchi xato topildi