08:31 / 09.09.2018
5 118

“Telegram”ning “klon”i paydo boʻldi

“Telegram”ning “klon”i paydo boʻldi
Foto: “Xabar.uz”
AQSHda oʻtgan “TechCruch” konferensiyasida blokcheynda ishlovchi, shifrlangan Stealthy IM» messenjeri taqdimoti oʻtkazildi.

Taqdimotga koʻra, “Stealthy IM” himoyalangan messenjer sifatida tanishtirildi. Yaʼni foydalanuvchilarp axborotni yoʻqotishdan qoʻrqishmasa ham boʻladi. U oddiy foydalanuvchilar uchun bepul, korporativ mijozlar esa boshlanishiga ozroq toʻlov qilishlari kerak boʻladi. “iOS” va “Android” uchun versiyalari ishlab chiqilgan.

Ammo internet foydalanuvchilari eʼtiborini boshqa jihat tortdi: yangi messenjerning logotipi “Telegram”nikiga mohiyatan juda — oq qogʻoz samolyotchaning tumshugʻi oʻng yuqori tomonga qaratilgan...

“Telegram” asoschisi Pavel Durov bu shubhali mutanosiblikka hozircha churq etgani yoʻq. Hoynahoy u “gram” savdo belgisi bilan bogʻliq sud mashmashalari bilan andarmon boʻlsa kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » “Telegram”ning “klon”i paydo boʻldi