21:28 / 13.09.2018
5 415

“Oʻzavtosanoat” Namanganda mototsikl ishlab chiqaradi

“Oʻzavtosanoat” Namanganda mototsikl ishlab chiqaradi
“Oʻzavtosanoat” AJ Namangan viloyatining Norin tumanida mototsikl ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi. Bu Vazirlar Mahkamasining 719-sonli qarorida belgilab qoʻyilgan.

Mototsikl ishlab chiqarishni tashkil etish orqali 500 ta yangi ish oʻrni yaratish rejalashtirilmoqda. Loyiha qiymati qariyb 13 milliard soʻmni tashkil etadi; shundan 3 milliardi aksiyadorlik jamiyatining oʻz hisobidan boʻlsa, 10 milliardga yaqin mablagʻ “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan ajratiladi.

Korxonani 2019 yilning 1 noyabriga qadar ishga tushirish moʻljallangan. U yiliga 10 mingta mototsikl ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻladi.

Ushbu qarorga asosan 2018-2019 yillarda Norin tumanida sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish loyihalarining manzilli roʻyxati tasdiqlandi. Roʻyxatda jami 100 ta loyiha keltirib oʻtilgan boʻlib, ularni roʻyobga chiqarish natijasida 2020 yilga qadar tumanda 3366 nafar odamni ish bilan taʼminlash koʻzda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » “Oʻzavtosanoat” Namanganda mototsikl ishlab chiqaradi