08:02 / 20.09.2018
4 545

AQSHda yangi iPhone sotuvga chiqishidan besh kun avval navbat paydo boʻldi

AQSHda yangi iPhone sotuvga chiqishidan besh kun avval navbat paydo boʻldi
Xyustonda yangi iPhone sotib olish uchun navbat paydo boʻldi. Apple ishqibozi sotuv boshlanishidan besh kun doʻkon oldida navbat egalladi, deb yozmoqda Kun.uz.

Xyustonda yangi iPhoneʻning birinchi egasi fotograf Isayya Stofferan boʻladi. Uning aytishicha, Apple Store oldida sotuvlar boshlanishidan besh kun avval navbatning boshini egallagan va bir necha tunni shu yerda oʻtkazgan.

Sentyabrda elektronika doʻkonlari oldida navbatga turish Apple ishqibozlari uchun odatga aylangan. Brendning minglab muxlislari butun dunyo boʻylab yangi gadjetni sotib olish uchun navbatga turishadi. Bu yil AQSH va bir nechta mamlakatlarda ayfonlar sotuvi 21 sentyabrdan boshlanadi.

iPhone XS, XS Max va “byudjet” iPhone XR taqdimoti 12 sentyabr kuni boʻlib oʻtgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AQSHda yangi iPhone sotuvga chiqishidan besh kun avval navbat paydo boʻldi