06:30 / 02.10.2018
7 116

Televizor va monitorlardagi tasvirni bloklovchi koʻzoynak ixtiro qilindi

Televizor va monitorlardagi tasvirni bloklovchi koʻzoynak ixtiro qilindi
Amerikaning In Real Life kompaniyasi televizor va monitorlardagi tasvirlarni yashira oluvchi maxsus koʻzoynaklarni ishlab chiqdi deb maʼlum qildi “Kun” nashri.

“In Real Life kompaniyasi koʻzoynaklarida maxsus polyarizatsiyalangan linzalar qoʻllaniladi, bu linzalar displeylardagi tasvirni qora toʻgʻri toʻrtburchakka aylantiradi”, - deyiladi kompaniyada.

“Koʻzoynaklar ekranlar dengiziga choʻkib ketmaslik uchun atrofimizdagi displeylardagi tasvirlarni filtrlashga moʻljallangan”, - deydi kompaniya asoschisi Ivan Kesh. Uning fikricha, insonga chalgʻituvchi vizual axborotdan dam olish imkonini beruvchi qurilma boʻlishi kerak.

“Baʼzan smartfonlarni ”parvoz“ rejimiga oʻtkazib, barcha televizorlarni oʻchirib qoʻyishimiz mumkin. Biroq vaqt oʻtgan sari bunday hashamatdan yiroqlashyapmiz”, - deya qoʻshimcha qildi Kesh.

Taʼkidlash joizki, koʻzoynaklar LCD va LED texnologiyalaridan foydalangan holatda ishlangan boʻlsagina ekranlardagi tasvirni bloklay oladi. Koʻzoynak OLED-texnologiyasiga koʻra ishlangan displeylar va gadjetlar ekranlaridagi tasvirlarni bloklamaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Televizor va monitorlardagi tasvirni bloklovchi koʻzoynak ixtiro qilindi