14:14 / 13.10.2018
3 565

Instagram tanib boʻlmas darajada oʻzgarishi kutilmoqda

Instagram tanib boʻlmas darajada oʻzgarishi kutilmoqda
Instagram ijtimoiy tarmogʻi ishlab chiquvchilari suratlarni koʻrish uchun yangi usulni sinab koʻrishmoqda. Bu haqda TechCrunch portaliga asoslanib kun.uz xabar berdi.

Uning maʼlumotlariga koʻra, ilovada suratlarni aylantirish oʻrniga, ekranga bosish orqali postlarni oʻzgartirish imkoniyati paydo boʻldi.

Nashrning taʼkidlashicha, hozircha yangi imkoniyatdan baʼzi foydalanuvchilar faqat Exploreʻda foydalanishi mumkin. Postlarni koʻrishning yangi usuli sinovi qanday darajada olib borilayotgani nomaʼlum.

Ekspertlarning qayd etishicha, bir marta bosish bilan fotosuratlarni almashtirish tasvirlarni “qiyin” va koʻproq vaqtni talab qiluvchi aylantirishdan voz kechishga imkon beradi. Bundan tashqari, dastur postdagi barcha xabarlarni bitta ekranda koʻrsatishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Instagram tanib boʻlmas darajada oʻzgarishi kutilmoqda