22:04 / 14.10.2018
4 938

Svetofor o‘rniga yangi texnologiya yaratildi

Svetofor o‘rniga yangi texnologiya yaratildi
Amerikaning «Ford» kompaniyasi avtomobillar o‘rtasida elektron aloqani ta’minlovchi texnologiya ishlab chiqdi, bu chorrahalarni xavfsiz kesib o‘tishda qo‘l keladi, hatto kelgusida svetoforlar o‘rnini egallashi ham mumkin, deb yozmoqda kompaniya matbuot xizmatiga tayanib "Xabar" nashri.

Yangi ishlanma barcha transport vositalarini bog‘lovchi elektron kommunikatsiya tizimi hisoblanadi, chorrahalarni xavfsiz kesib o‘tish, yo‘llarda avtomobillar tiqini hosil bo‘lishining oldini olishda yordam beradi. Chorrahalarga yaqinlashayotganda tizim yaqin atrofdagi mashinalarning harakatlanish trayektoriyasi haqida ma’lumot to‘playdi va harakatlanish tezligining eng optimal variantini hisoblab beradi.

Xabar qilishlaricha, tizim ayni paytda Buyuk Britaniyaning janubi-sharqidagi Milton-Kins shahrida sinovdan o‘tmoqda.

Yaponiyaning «Honda» kompaniyasi avtomobil haydovchilari uchun «aqlli chorraha» tizimini sinovdan o‘tkazayotgani haqida xabar bergandik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Svetofor o‘rniga yangi texnologiya yaratildi