12:07 / 01.11.2018
3 366

BlackBerry’ning yangi QWERTY-smartfoni Yevropada sotuvga chiqariladi

BlackBerry’ning yangi QWERTY-smartfoni Yevropada sotuvga chiqariladi
Hozirda BlackBerry smartfonlari bilan shug‘ullanayotgan Xitoyning TCL Communication kompaniyasi yangi BlackBerry KEY2 LE smartfoni uchun oldindan buyurtmalarni qabul qilishni boshladi. Bu iyun oyida namoyish etilgan BlackBerry KEY2 smartfonining soddalashtirilgan va arzonroq versiyasidir.

Android 8.1 Oreo operatsiyasi tizimi ostida ishlaydigan BlackBerry KEY2 LE smartfonining bir SIM-kartali, xotirasi 32 gigabaytga teng bo‘lgan versiyasi 399 yevrodan taklif qilinmoqda. Ikki SIM-kartali 64 gigabaytlik versiyasi narxi 429 dollar.

BlackBerry KEY2 LE smartfoni QWERTY-klaviaturasi qurilmaning o‘ziga o‘rnatilgan form-faktor monoblok ko‘rinishida chiqarilgan. Orqa panelida qo‘shkamera mavjud, barmoq izi skaneri esa space (probel) tugmasiga integratsiya qilingan.

Smartfonga tasvir aniqligi 1620x1080 piksel bo‘lgan 4,5 dyuymlik sensor displey, 13+5 megapiksellik asosiy kamera va 8 megapiksellik frontal kamera o‘rnatilgan.

Qurilma Qualcomm Spandragon 636 protsessorida ishlaydi, operativ xotirasi 4 gigabayt va flesh-xotirasi 32 yoki 64 gigabayt bo‘lib farqlanadi. Akkumulyatori sig‘imi 3000 mAs. O‘lchamlari 150,25 x 71,8 x 8,35 mm, og‘irligi — 156 gr.

Qurilma ikkita SIM-kartani (qimmatroq versiyasi), 4G VoLTE, Wi-Fi (802.11 ac), Bluetooth 5 LE, GPS, NFC texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi, FM-radiosi, USB Type-C porti va quloqchin uchun 3,5 millimetrlik tuynugi bor.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » BlackBerry’ning yangi QWERTY-smartfoni Yevropada sotuvga chiqariladi