10:20 / 03.11.2018
3 430

Xakerlar 257 mingta «Facebook» foydalanuvchisi ma’lumotlarini internetga qo‘yib yuborishdi

Xakerlar 257 mingta «Facebook» foydalanuvchisi ma’lumotlarini internetga qo‘yib yuborishdi
Foto: «Facebook»
Xakerlar 257 ming nafar «Facebook» foydalanuvchisining ma’lumotlarini internetga qo‘yib yuborishdi. Bu haqda 2 noyabr kuni «BBC» xabar qildi deb yozadi "Xabar" nashri.

Telekompaniya ma’lumotiga ko‘ra, xakerlar brauzerlar uchun o‘zlari maxsus ishlab chiqqan kengaytmalar hisobiga 120 million nafar «Facebook» foydalanuvchisining ma’lumotlarini qo‘lga kiritishgan.

«Biz «Facebook» foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini sotamiz. Bazamizda 120 milliondan ortiq akkauntlar bor, ular har xil mamlakatlarga tegishli», — telekompaniya xakerlarning xabaridan shunday iqtibos keltirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xakerlar 257 mingta «Facebook» foydalanuvchisi ma’lumotlarini internetga qo‘yib yuborishdi