"Apple"ning yangi "AirPods 2" simsiz eshitish moslamasi ularni sertifikatlashtirgan "Bluetooth SIG" (Bluetooth Special Interest Group) tashkilotining ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi.
Yangi quloqchinlar boshqa qurilmalarga Bluetooth 5.0 standarti bo‘yicha ulanadi. Shuningdek, Siri ovozli yordamchisi bilan, xususan, “qo‘lsiz” rejimida ishlay olishi uchun "AirPods 2"ga takomillashtirilgan chip o‘rnatilishi kutilmoqda.
Eshitish moslamasi “Salom, Siri” faollashtiruv jumlasini qo‘llab-quvvatlashi ilk bor "Apple" tomonidan 2018 yil sentyabrida, "iPhone" smartfonlari taqdimoti vaqtidagi videoda ko‘rsatilgan edi. Quloqchinlar "AirPower" simsiz quvvatlantirish stansiyasidan quvvat oladigan yangi quvvatlantirish g‘ilofiga ham ega bo‘ladi.
"Apple" "AirPods 2" uchun olingan savdo belgisining ko‘lamini “salomatlik datchiklari” turkumigacha kengaytirgan. Bu – "AirPods 2" quloqchinlarida tana salomatligini kuzatib borish imkonini beruvchi yangi funksiyalar bo‘lishidan darakdir. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!