11:20 / 07.11.2018
4 933

Qozog‘iston sun’iy yo‘ldoshi O‘zbekistonda aloqani ta’minlaydi

Qozog‘iston sun’iy yo‘ldoshi O‘zbekistonda aloqani ta’minlaydi
Qozog‘iston yangi "KazSat-2R" kosmik aloqa tizimi yordamida qo‘shni O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistondagi foydalanuvchilarga eng so‘nggi telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatishni maqsad qilgan.

Qozog‘iston 2011 yildan beri orbitada "KazSat-2" kosmik qurilmasini almashtirish uchun rejadagidek "KazSat-2R"ni tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Qozog‘iston mudofaa va aerokosmik sanoat vazirligining xabar berishicha, Operatsion sun’iy yo‘ldoshning geostatsionar orbitada taxminiy faol mavjud bo‘lish muddati 2023 yilning noyabr oyiga qadar davom etadi.

"KazSat-2R" kosmik kema manbalari “Raqamli Qozog‘iston” davlat dasturini amalga oshirish doirasida belgilangan yo‘ldoshli aloqa kanallarini tashkil qilish uchun ishlatiladi. Bu esa mamlakatning chekka qishloqlardagi, shuningdek, chegara davlatlari – Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘izistondagi foydalanuvchilarga keng ko‘lamda ko‘p tarmoqli internetga kirish, telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlaydi", – deya belgilangan qaydnomada.

Respublika kosmik aloqalar markazi 2016 yildan buyon Qozog‘iston Respublikasi Xalq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan investitsiya taklifi yuzasidan ishlab chiqarilgan loyiha ustida ishlamoqda. Ayni paytda "KazSat-2" kosmik kemasini rejadagidek almashtirish uchun "KazSat-2R" kosmik aloqa tizimini yaratish va ishga tushirish bo‘yicha texnik topshiriqlarning moliyaviy va iqtisodiy asoslari ishlab chiqilmoqda.

Bugungi kunda "KazSat-2" va "KazSat-3" milliy kosmik vositalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. 15 ta sun’iy yo‘ldosh operatorlari ularning resurslaridan foydalanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Qozog‘iston sun’iy yo‘ldoshi O‘zbekistonda aloqani ta’minlaydi