07:07 / 10.11.2018
3 923

Volkswagen 18 ming yevrolik elektromobilni sotuvga chiqaradi

Volkswagen 18 ming yevrolik elektromobilni sotuvga chiqaradi
Volkswagen o‘z I.D. elektromobillari sonini yana bir mini-krossoveri bilan ko‘paytiradi. Uning narxi taxminan 18 ming yevroga (21 ming dollar) teng bo‘ladi, deb xabar berdi Daryo.

Yirik avtokonsern 200 mingta shunday elektromobillari, shuningdek 100 ming dona I.D. Aero o‘rta hajmdagi sedanlarini ishlab chiqarishga hozirlik ko‘rmoqda.

Ular sotuvga 2020 yildan so‘ng chiqariladi. Kompaniya o‘zining uchta fabrikasini elektromobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirmoqchi.

I.D. lineykasidagi ilk model I.D. Neo bo‘lib, uning narxi 23 ming yevro deb baholandi. U 2020 yilda sotuvga chiqariladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Volkswagen 18 ming yevrolik elektromobilni sotuvga chiqaradi