07:56 / 12.11.2018
3 010

“Hublot” faqat bitkoinda sotib olish mumkin bo‘lgan soat chiqardi

“Hublot” faqat bitkoinda sotib olish mumkin bo‘lgan soat chiqardi
Shveysariyaning “Hublot” firmasi “Big Ban” tarmog‘idagi hashamatli soatlarning yangicha ko‘rinishlarini yaratdi. Bu juda noyob va o‘ziga xos qurilma hisoblanadi.

“Meca-10 P2P” soati bitkoin kriptovalyutasining 10 yillik yubileyiga bag‘ishlangan bo‘lib, uni faqatgina bitkoinga sotib olish mumkin. Boshqa to‘lov vositalari qo‘llab-quvvatlanmaydi.

Bitkoinning joriy narxini hisobga oladigan bo‘lsak, bitta soat uchun taxminan 25 ming dollar to‘lash kerak bo‘ladi.

Lekin bitkoinga ega har bir shaxs ham “Meca-10 P2P”ni xarid qila olmaydi. “Hublot” jami 210 ta shunday soat chiqarishni rejalashtirgan. Bu bitkoin kriptotangalar sonining muomaladagi 21 mln global limitini ifodalaydi. Shuning uchun kompaniya yangi soat uchun 210 dan ortiq buyurtmani qabul qildi.

Shuni ham ta’kidlash joizki, “Hublot” xaridorlarni tekshiruvdan o‘tkazish uchun Gonkongdagi "OS Limited" (OSL) kompaniyasi bilan kuchlarni birlashtirdi. Soatlarni sotib olish uchun har bir nomzod qat’iy tekshiruvdan o‘tadi.

OSL soatni sotib olish noqonuniy ravishda olingan raqamli pullarni yuvish operatsiyasining bir qismi emasligini tekshiradi.

bitkoin “Hublot” firmasi soat Shveysariya

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Texnologiya » “Hublot” faqat bitkoinda sotib olish mumkin bo‘lgan soat chiqardi